##issue.vol## 1 ##issue.no## 1 (2026): Journal of Mathematical Models and Methods in Engineering

					##issue.viewIssueIdentification##

"Journal of Mathematical Models and Methods in Engineering" — O'zbekiston Respublikasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti tomonidan 2026-yil 15-iyun kuni №1648073-sonli guvohnoma asosida tashkil etilgan xalqaro, taqrizdan o'tuvchi (peer-reviewed) va ochiq kirish (open-access) ilmiy nashrdir.

Jurnal muhandislikning turli sohalarida — qurilish, mashinasozlik, energetika, gidrotexnika, materialshunoslik, robototexnika va atrof-muhit muhofazasi kabi yo'nalishlarda matematik modellashtirish, raqamli usullar, hisoblash algoritmlari, optimallashtirish va analitik yondashuvlarga oid ilmiy tadqiqotlarni yoritishga ixtisoslashgan. Jurnal olimlar, muhandislar, o'qituvchilar va doktorantlar uchun nazariy hamda amaliy bilimlarni almashish platformasi bo'lib xizmat qiladi.

Barcha maqolalar ikki tomonlama anonim taqriz (double-blind peer review) jarayonidan o'tkazilib, yuqori akademik sifat va nashriyot etikasi talablariga to'liq rioya qilgan holda chop etiladi. Jurnal 2026-yil 15-iyundan boshlab har chorakda bir marta, ya'ni yiliga 4 marta nashr etiladi. Maqolalar ingliz tilida qabul qilinadi va xalqaro standartlar (IMRAD) asosida rasmiylashtirilishi zarur.

Muassis: "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Qori-Niyoziy ko'chasi, 39-uy
Telefon: +998 (93) 397-12-39
Veb-sayt: jmmme.uz
Guvohnoma: №1648073, 2026-yil 15-iyun

##submissions.published##: 2026-06-15